Tramp Londondagi matbuot anjumanini bekor qildi 

Jahon 21:57 / 04.12.2019 7891

AQSh prezidenti Donald Tramp NATOning Londonda o‘tgan sammiti bo‘yicha 4 dekabrdagi yakuniy matbuot anjumanni bekor qilishga qaror qildi. Uning ta'kidlashicha, oxirgi 2 kun ichida u shundoq ham bunday tadbirlardan talaygina o‘tkazdi. 

«Bugun uchrashuvlar yakunlangach, men Vashingtonga qaytaman. Biz NATO sammiti yakunlangach, matbuot anjuman o‘tkazmaymiz, chunki oxirgi kun ichida shundoq ham bunday tadbirlardan talaygina o‘tkazdik. Hammaga oq yo‘l!», deb yozgan Tramp tvitterda.

Bundan avvalroq OAVda Tramp ikki kunlik sammitdan keyin toliqqan ko‘ringani va yana bir tadbir – yakuniy matbuot anjumanni o‘tkazishni istamayotgani haqida ma'lumot berilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: