Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport 20:57 / 04.12.2019 9130

«Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi. Yoshlarimizning ushbu chempionatgacha bo‘lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi» - deyiladi xabarda.

 Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida o‘tgan turnirdagi noxush holat videotafsilotlari O‘FAga kelib tushgach Ijroqo‘m O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini «noprofessionallik» qilgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror chiqargan edi.

Ko‘proq yangiliklar: