Shomurodov Rossiyada «2019 yilning eng yaxshi futbolchisi» so‘rovnomasida yetakchilik qilmoqda

Sport 20:20 / 04.12.2019 29156

Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri 2019 yilning yaxshi futbolchisini aniqlash uchun an'anaviy so‘rovnoma boshladi.

«SE» tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovnomada 25 nomzod o‘rin olgan. Ular orasida Rossiya Premer-ligasida to‘p surayotgan mahalliy futbolchilar hamda legionerlar bilan birga Rossiyadan tashqarida to‘p surayotgan rossiyalik legionerlar ham joy olgan.

G‘olibni aniqlashda 2019 yilgi taqvim hisobga olinadi. Ovoz berish mavsumning hozirgi qismining so‘ngiga qadar davom etadi va nominatsiya g‘olibi 2020 yil boshida taqdirlanadi.

Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda quyidagi 4 toifadagi ishtirokchilar qatnashadi:

- 16ta nufuzli murabbiy

- Rossiya futbolining 16 nafar top-murabbiylari

- 16 nafar «SE» jurnalistlari

- «SE» saytidagi muxlislar ovozi.

Biz uchun quvonarlisi, nashr saytida o‘tkazilayotgan so‘rovnomaning 4 dekabr holatiga ko‘ra, 25 nomzod orasida «Rostov» to‘purari Eldor Shomurodov katta ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda. Hamyurtimiz uchun umumiy ishtirokchilarning 35.7 % ovoz bergan.

Ikkinchi o‘rinda 18.4% ovoz bilan «Zenit» va Rossiya milliy jamoasi forvardi Artyom Dzyuba bormoqda. Shuningdek, Aleksandr Golovin (Monako) 9.1%, Georgiy Jikiya (Spartak) 9.0%, Gjyegoj Krixovyak (Lokomotiv) 5.5% singari futbolchilar so‘rovnomada dastlabki beshlikdan o‘rin olgan.

Ma'lumot uchun, oldingi mavsumlarda bu sovrinni Fyodor Smolov (2016), Kvinsi Promes (2017) va Artyom Dzyuba (2018) qo‘lga kiritgan edi.

So‘rovnomada Eldor Shomurodovga ovoz berish uchun quyidagi manzilga kiring.

Ko‘proq yangiliklar: