O‘zbekistonlik migrantlar Rossiyada qirg‘iz pasportini sotyapti - Qirg‘iziston vitse-spikeri

Jahon 12:14 / 04.12.2019 35497

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik migrantlar Qirg‘iziston pasportlari bo‘yicha butunboshli biznesni yo‘lga qo‘ygan. Bu haqda Qirg‘iziston Jogorku Keneshi spikeri o‘rinbosari Aida Qosimaliyeva 4 dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi.

«Yaqinda biz Sankt-Peterburgga deputatlar bilan tashrif buyurib, u yerda vatandoshlar bilan uchrashdik. U yerda qirg‘iz pasportlari butunboshli biznesga aylangani ma'lum bo‘ldi. O‘zbekistonlik migrantlar Qirg‘iziston pasportlarini reklama qilishyapti va sotishyapti. Buni statistika orqali tekshirishingiz mumkin. Odamlar politsiyaga tushib qolgach, ushbu pasportlar aniqlanmoqda», - dedi u.

Qosimaliyevaning so‘zlariga ko‘ra, Jalolobod viloyatining Suzoq viloyatida berilgan ko‘plab pasportlar aniqlanmoqda. «PINlarni tekshirishda natija to‘g‘ri chiqib kelyapti, ya'ni ular soxta pasport emas. Pasportlar noqonuniy ravishda berilmasligi uchun qanday to‘siqlarni qo‘ymoqdasiz? Pasportlarimiz borasida juda ko‘p mojarolar kelib chiqyapti», - dedi Qosimaliyeva Qirg‘iziston Davlat ro‘yxatga olish xizmati raisi Almaz Mambetovga murojaat qilib.

Ko‘proq yangiliklar: