AQSh Huawei va ZTE raqobatchilaridan qurilmalar sotib oladigan davlatlarga pul beradi

Jahon 19:15 / 04.12.2019 4841

AQSh boshqa mamlakatlarni Huawei Technologies va ZTE Corp korporatsiyalaridan telekommunikatsiya qurilmalari sotib olmaslikka chaqirmoqda va tez orada ularning raqobatchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun pul ajratadi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

AQSh xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (U.S. International Development Finance Corporation, DFC) o‘zining 60 mlrd dollarlik budjetining bir qismini rivojlanayotgan davlatlar va kompaniyalarga boshqa firmalardan qurilmalar sotib olishga yordam berishga sarflashni rejalashtirmoqda.

U bu tashabbus uchun sarflanadigan mablag‘ning aniq miqdorini aytishni istamadi, ammo bu Shvetsiyaning Ericsson AB va Finlyandiyaning Nokia Oyj kompaniyalariga Huawei va ZTE bilan raqobat qilishda yordam berishi mumkin.

DFC o‘tgan yili kam va o‘rtacha daromadli rivojlanayotgan davlatlarni moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Uning vazifasi "avtoritar rejimlarning kuchayib borayotgan ta'siriga qarshi kurashish orqali AQSh tashqi siyosatining rivojlanishiga yordam berish"dan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: