Sport | 21:30 / 03.12.2019
11816
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Alisher Usmonovni mukofotladi

Shveytsariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining har yil o‘tkaziluvchi kongressida 2019/20 yilgi mavsumning qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda federatsiya prezidenti Alisher Usmonov va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ishtirok etdi. Bax tadbir davomida Alisher Usmonovni Olimpiya qadriyatlarini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashi va ommalashtirishi uchun mukofotladi va bunda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining yutuqlarini ta'kidlab o‘tdi. 

XOQ prezidenti qilichbozlik bugungi kunda global sport turiga aylanayotganini qo‘shimcha qilib o‘tgan. Tadbirda Baxning o‘zi ham “quruq” qo‘yilmadi – sobiq rapirachi va 1976 yilgi Olimpiada g‘olibi faxriy medal bilan taqdirlandi. 

Mavzuga oid