Vazirlar Mahkamasining reglamentiga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekiston 10:13 / 03.12.2019 10136

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi. Hukumatning tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining reglamenti 33-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shiladi:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan – ta'lim sohasiga oid loyihalar;”;

oltinchi – o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi – o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 33-bandga ko‘ra ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilishi kerak.

Amaldagi tahriri quyidagicha:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan — barcha loyihalar, shu jumladan, rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga oid loyihalar, ularni kelishishning yakuniy bosqichida huquqiy ekspertiza o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishdan oldin;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan mablag‘lar ajratish, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish masalalariga oid loyihalar;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid loyihalar;

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan — moddiy madaniy meros obektlariga oid loyihalar;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan — davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish masalalariga oid loyihalar;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan — davlat-xususiy sheriklik masalalariga oid loyihalar;

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi bilan — nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta'sir qiluvchi masalalarga oid loyihalar;

O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi bilan — advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish masalalariga oid loyihalar majburiy tartibda kelishiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini kelishish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan tartibda elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: