Tramp Turkiya tomonidan S-400 majmuasining sotib olinishida Obamani aybladi

Jahon 21:10 / 03.12.2019 12206

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan avvalgi prezident Barak Obamani Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni Moskva bilan yaqinlashishga majbur qilgani va buning natijasida Anqara Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olganligida aybladi. Bu haqda Washington Examiner nashri xabar berdi.  

“Obama ma'muriyati “Siz Patriot majmualarini olmaysiz, biz uni sizga sotmaymiz”, deb aytgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp. Uning aytishicha, Turkiya bir necha marta shunday javob olgach, “Rossiya raketalarini sotib olgan”.  

Shu bilan birga, Tramp Turkiya AQShning muhim ittifoqdoshi va o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lgan davlat hisoblanishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.  

Avvalroq Tramp Turkiyani S-400’larni sotib olishda ayblay olmasligini, chunki “bu boradagi ko‘plab muammolar Obama ma'muriyati tomonidan yuzaga keltirilganini” aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: