Sudanda kulolchilik fabrikasidagi yong‘inda 24 kishi halok bo‘ldi

Jahon 18:30 / 03.12.2019 4492

Sudanda kulolchilik fabrikasida yuz bergan yirik yong‘inda 24 kishi halok bo‘ldi, 45 kishi jarohat oldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.   

Ma'lum qilinishicha, voqea poytaxt Xartumdagi sanoat hududlaridan birida yuz bergan. Yong‘inga gaz ballonlarining portlashi sabab bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, jarohatlanganlardan ba'zilari og‘ir ahvolda bo‘lib, shu sababli qurbonlar soni oshishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: