Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarida chorvachilik komplekslari tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ
Paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarida chorvachilik komplekslari tashkil etiladi. Prezidentning bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining Paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarida chorvachilik komplekslarini tashkil etish haqidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha:
paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarida tashkil etiladigan chorvachilik komplekslaridagi chorva mollari uchun ozuqa bazasini mustahkamlash hamda almashlab ekish tizimini joriy qilish maqsadida paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari ekin yer maydonining 10 foiz qismiga ozuqabop ekinlar, jumladan beda, makkajo‘xori, xashaki lavlagi va boshqa ekinlar joylashtirishga ruxsat etiladi;
paxtachilik-to‘qimachilik klasterlariga chorvachilik komplekslarini tashkil etish va ulardagi chorva mollarining ozuqa bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha ravishda qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlardan ozuqabop ekinlari uchun yer maydoni ajratiladi;
chorva mollarini sanoat usulida boqishni tashkil etish uchun chorvachilik komplekslari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, omuxta yem ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmalarini tashkil etish maqsadida bino va inshootlar qurish uchun chorva mol bosh sonidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer uchastkasi bo‘lmagan taqdirda, unumdorligi past qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari, istisno tariqasida tanlov va auksion o‘tkazmasdan Komissiyaning tavsiyasiga asosan ajratib beriladi;
paxtachilik-to‘qimachilik klasteri yer, suv va boshqa resurslardan samarali hamda oqilona foydalanishga, ozuqabop ekinlar hosildorligini oshirishga, chorvachilik mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish shuningdek, uning chuqur qayta ishlanishini va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishning ko‘paytirilishini ta'minlaydi;
paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari chorvachilik komplekslarida ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ning zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, zarur infratuzilma obektlari, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish yoki uni shartnoma asosida sotib olish, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni ta'minlaydi;
lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslar yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlari hamda tartib paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarining chorvachilik tarmog‘i uchun tatbiq etiladi;
paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari tomonidan yetishtirilgan paxta xom-ashyosidan hosil bo‘lgan paxta shroti va chigit sheluxasi mahsulotlari klasterlarda tashkil etilgan chorvachilik komplekslaridagi chorva mollari bosh sonidan kelib chiqib, ularni oziqlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”

12:15 / 10.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi

20:36 / 15.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?

12:24 / 06.04.2025