Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini respublikaga olib kirish tartibi soddalashtiriladi

Foto: Depositphotos
Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini respublikaga olib kirish tartibi soddalashtiriladi. Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan tegishli qarori loyihasida shu haqda so‘z yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJning zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish uchun xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini respublikaga olib kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan:
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini respublikaga olib kirish muvofiqlik sertifikati berilgan va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatiga kiritilgan taqdirda amalga oshiriladi;
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini respublikaga olib kirish har qanday jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin;
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish yuzasidan ro‘yxatga olinmagan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llagan tarzda shoshilinch choralar ko‘rish talab qilinadigan vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda bunday vositalarni bir yilgacha muddatda tajriba tarzida qo‘llash uchun olib kirishga ruxsat etiladi. Bunda parallel ravishda ro‘yxatga olish sinovlari o‘tkaziladi;
zaharlilik darajasi uchinchi va to‘rtinchi klassda bo‘lgan mineral o‘g‘itlar, mikroo‘g‘itlar, biostimulyatorlar hamda bioo‘g‘itlar laboratoriya tahlillari natijalari asosida ro‘yxatga olinadi;
respublikaga olib kiriladigan xalqaro standartlar talablariga javob beradigan, oldin o‘rganilgan va me'yorlangan ta'sir etuvchi modda to‘g‘risidagi to‘liq asosli ma'lumotlar va reglamentlari mavjud bo‘lgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan preparatlar analoglari bir vegetatsion mavsumda biologik samaradorlik bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlar natijalariga ko‘ra ro‘yxatga olinadi;
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositasini ro‘yxatga olish uchun toksikologik-gigiyenik, sanitariya-gigiyenik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha buyurtmachi tomonidan asoslangan ma'lumotlar, shu jumladan, xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan sinovlar xulosalari taqdim etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan toksikologik-gigiyenik, sanitariya-gigiyenik va ekologik sinovlar o‘tkazilmasdan buyurtmachi taqdim etilgan hujjatlar ekspertizasi xulosalari asosida ro‘yxatga olish uchun tavsiya etiladi;
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini respublikaga olib kirish uchun talab etiladigan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etilgan paytdan boshlab ikki ish kunidan oshmasligi lozim.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti
Iqtisodiyot | 18:37
-
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi
Jahon | 18:13
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tuzildi – asosiy ma’lumotlar
Iqtisodiyot | 18:04
Mavzuga oid

14:24 / 09.06.2025
O‘zbekiston florasida fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi

08:50 / 16.05.2025
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

14:21 / 13.03.2025
Toshkentda shifobaxsh o‘simlikdan noyob dori vositasi ishlab chiqarilishi mumkin

13:52 / 22.11.2024