Nogironlar, keksalar va bolalarning muzeyga tashrifi osonlashadi

O‘zbekiston 09:35 / 03.12.2019 2282

2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi muzeylarining inklyuzivligi dasturida taktil yo‘laklar, ovozli xabar berish svetoforlari, metro bekatlarida maxsus ko‘tarilish vositalarini o‘rnatish nazarda tutilgan.
 
Norma’ga ko‘ra, dastur imkoniyati cheklangan shaxslar, maktab yoshidagi bolalar, keksa tashrif buyuruvchilar va ularga hamrohlik qiladigan shaxslarning muzeylarga tashrif buyurishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Unda inklyuziv talablarni hisobga olgan holda quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
 
birinchidan, muzeylar va ularga tutash hududlar infratuzilmasini takomillashtirish. Ushbu maqsadlarda quyidagilar rejalashtirilmoqda:

• ma'muriy binolarga qo‘yiladigan talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish (2020 yilning II choragiga kelib idoraviy NHH ishlab chiqiladi);
• taktil yo‘laklar, muzeylarda ona va bola xonalarini tashkil etish, bekatlar va jamoat transportida audiovizual xabar berish tizimlarini joriy etish, ovozli xabar berish svetoforlari, metro bekatlarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ko‘tarilish vositalarini o‘rnatish;
• tegishli uchastkalarda maxsus sirg‘almaydigan qoplamali, jarohat yetkazmaydigan ushlagich va panduslar o‘rnatish. Tashkiliy tadbirlar keyingi yilning III choragidan boshlanadi ham muntazam ravishda davom ettiriladi;
 
ikkinchidan, inklyuziv xizmat ko‘rsatish amaliyoti joriy qilinadi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• ko‘zi ojizlar va yaxshi ko‘rmaydigan tashrif buyuruvchilar uchun madaniy tadbirlarni tiflosharhlash amaliyotini joriy qilish (ko‘zi ojizlar va yaxshi ko‘rmaydigan tashrif buyuruvchilar uchun sodir bo‘layotganlarni tasvirlab berish). Bajarish muddati – 2021 yil IV chorak;
• hid, tovush, musiqa orqali ongli va verbal tavsiflash mumkin bo‘lgan eksponatlar ko‘rgazmalarini tashkil etish (2020 yil III chorak) va boshqalar;
 
uchinchidan, muzey kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish. Xodimlar uchun imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilar bilan o‘ziga xos muomala qilish va zarur hollarda ularga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash uchun maxsus kurslar tashkil etiladi. Tadbirlar 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan;
 
to‘rtinchidan, 2021 yilda muzeylarning moddiy-texnika bazasi yangilanadi, xususan quyidagilar o‘rnatiladi:

• sanitariya-maishiy binolarda maxsus kabinalar, taktil belgilar, xavf-xatardan ogohlantiruvchi signalizatsiya tizimlari;
• sinxron tarjima uchun asbob-uskunalar;
• ko‘zi ojiz tashrif buyuruvchilar uchun radiomayoqlar;
• muzeylarda tadbirlar o‘tkazish chog‘ida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus o‘rindiqlar va boshqalar.

Ko‘proq yangiliklar: