NATO ishtirokchilari Turkiyaning alyansga a'zolik mavzusini muhokama qiladi

Jahon 16:20 / 03.12.2019 5876

NATOga a'zo davlatlar Turkiyaning alyansga a'zolik masalasini muhokama qiladi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

"Menga Turkiya yoqadi, uning prezidenti bilan yaxshi tanishman. U NATOning yaxshi a'zosi yoki shunday bo‘ladi... A'zolik mavzusi alyans ishtirokchilari tomonidan muhokama qilinadi", - dedi Tramp NATOning Londondagi sammiti doirasidagi matbuot anjumanida.

"Biz al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya vaqtida o‘zaro hamkorlik borasida yaxshi tajribaga ega bo‘ldik. Turkiya bilan munosabatlarimiz yaxshi. Turkiya – yaxshi sherik", - dedi Tramp.

Avvalroq Shimoliy Makedoniya NATOga qabul qilinganini ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: