Ispaniyada qo‘lbola bomba tayyorlaydigan yashirin ustaxona yo‘q qilindi

Jahon 17:40 / 03.12.2019 2708

Ispaniya fuqaro gvardiyasi mamlakat shimolida qo‘lbola portlovchi qurilmalar tayyorlaydigan yirik yashirin ustaxonani yo‘q qildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ustaxona va laboratoriya Miranda-de-Ebro shahrida yashovchi gumonlanuvchining uyida joylashgan bo‘lgan. Tintuv vaqtida bu yerdan 17 dona qo‘lbola bomba, elektrodetonatorlar, hamda ularni tayyorlashda foydalaniladigan 30 kilogramm turli kimyoviy moddalar topilgan.

Bundan tashqari, operatsiya davomida 26 dona o‘qotar qurol musodara qilingan. Ma'lumot berilishicha, gumonlanuvchi Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ishdan chiqqan qurollarni sotib olgan va ularni ta'mirlab, yaroqli holga keltirgan.

Bombalar tayyorlash bilan shug‘ullangan gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: