«Davlat qarzi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi

Iqtisodiyot 15:50 / 03.12.2019 4690

O‘zbekistonda “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi davlat qarzini boshqarish sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.

Bildirilishicha, bugungi sharoitda ham tashqi, ham ichki davlat qarzining sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. Davlat qarzlari davlatning barqaror iqtisodiy o‘sishiga, suveren reytingiga, shuningdek, mamlakatning investitsion jozibadorligiga ta'sir qiluvchi indikativ parametrlaridan biridir.

Qonunni qabul qilish davlat qarzini boshqarish sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini berishi aytiladi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

davlat qarziga oid asosiy tushunchalar va ta'riflar;

qarz va kredit olish bo‘yicha yillik limitlarni belgilash;

davlat qarzini monitoring qilish va nazorat qilish mexanizmlari;

ushbu sohada davlatning kafolatini beruvchi davlat hokimiyatining vakolatli organlarini belgilash va boshqa masalalar.

Mas'ul ijrochilar - Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 2020 yil 30 noyabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 30 dekabr.

Ko‘proq yangiliklar: