Xitoyda smartfon foydalanuvchilari uchun yangi talab joriy etildi: ularning yuzi skanerdan o‘tkaziladi

Jahon 14:43 / 02.12.2019 3218

1 dekabrdan boshlab Xitoy fuqarosi yangi mobil aloqa qurilmasini ulash uchun o‘z yuzini skanerdan o‘tkazishi talab etiladi.

Rasmiylarga ko‘ra, bu kibermakonda fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun qilinmoqda, deb xabar beradi BBC.

Ko‘p yillar davomida Xitoy hukumati internetdan anonim tarzda foydalanish bilan doimiy ravishda kurashib keladi. Xususan, mobil raqamni olish uchun ilgari fotosurat bilan shaxsni tasdiqlash talab qilingan (ko‘p mamlakatlarda bo‘lgani kabi). 

Endi taqdim etilgan fotosurat foydalanuvchini aniqlash va tarmoqdagi barcha foydalanuvchilar o‘zining haqiqiy ismi ostida bo‘lishiga ishonch hosil qilish uchun skanerdan o‘tkazilgan yuz tasviri bilan solishtiriladi.

Xitoy ommaviy axborot vositalari yangilikka unchalik ahamiyat bermayapti. Ammo ijtimoiy tarmoqlarning yuzlab foydalanuvchilari rasmiylar ular haqida tobora ko‘proq ma'lumot yig‘ayotganidan xavotirda.

Ko‘pchilik shaxsiy ma'lumotlari sizib chiqishi ehtimoli haqida shikoyat qilmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ismi va manzilini qayerdandir topgan notanish odamlar ham qo‘ng‘iroq qilishni boshlagan.

Xitoy «kameralar mamlakati» deb ataladi. 2017 yilda ularning soni 170 million dona edi, 2020 yilda bu raqam 400 millionga yetishi kutilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: