Tramp Argentina va Braziliyadan keltiriladigan po‘lat va alyuminiyga kiritilgan bojlarni qayta tikladi

Jahon 22:25 / 02.12.2019 3299

AQSh mamlakatga Argentina va Braziliyadan keltiriladigan po‘lat va alyuminiyga kiritilgan bojlarni qayta tiklamoqda.

"AQShga Braziliya va Argentinadan keltiriladigan barcha po‘lat va alyuminiyga nisbatan tariflarni zudlik bilan qayta tiklayman", - deb yozdi AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tvitterida.

Tramp bu mamlakatlarning milliy valutalari qadrsizlanayotganligidan norozi ekanligini, bu holat ularning AQShga yetkazadigan mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirayotganini bildirdi.

Bloomberg agentligining xabar berishicha, yanvar-oktabr oylarida Braziliya AQShga po‘lat yetkazib beruvchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Import umumiy hajmida Braziliyaning ulushi 17, Argentinaning ulushi 0,5 foizni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: