Jahon | 20:10 / 02.12.2019
3935
1 daqiqa o‘qiladi

Pompeo Yevroittifoqni Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo YeIdagi hamkorlarini Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishga chaqirdi.

"Biz yevropaliklarni ulardan voz kechishga chaqiramiz, chunki bu kelishuvda ishtirok etish besamar", - dedi Pompeo.

U ekspertlar AQShning Eronga qarshi yangi sanksiyalari befoyda bo‘lishini aytishganida adashishganini qo‘shib qo‘ydi.

"Ular adashishdi, sanksiyalar samarali", - dedi u.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2018 yil 8 mayda Vashington Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini va Tehronga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni tiklashini e'lon qilgandi.

 

Mavzuga oid