2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishlari grafigi ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2020 yilda qayta moliyalash stavkasini ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bank boshqaruvining yig‘ilishi quyidagi grafik asosida o‘tkaziladi:
16 yanvar;
5 mart;
23 aprel;
11 iyun;
23 iyul;
10 sentabr;
22 oktabr;
10 dekabr.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 16 yanvar, 23 aprel, 23 iyul va 22 oktyabrdagi boshqaruv yig‘ilishlari natijalari bo‘yicha Markaziy bank rahbariyati brifingi o‘tkaziladi hamda Pul-kredit siyosati sharhi e'lon qilinadi.