Lada. An'analar. Barqarorlik. Istiqbol!

Iqtisodiyot 11:17 / 02.12.2019 29858

Mashhur va qadrdon brend o‘zining yangi mahsulotlarini go‘zal hududlardagi ekstremal sharoitlarda sinovdan o‘tkazdi. Natijalar kutilganidan a'lo!

O‘zbekiston va qator xorijiy OAV vakillar qatori Kun.uz sayti vakillari ham Lada kompaniyasining navbatdagi taqdimotida ishtirok etdilar.

An'analar

Lada brendi o‘zbek xalqi uchun azaldan tanish va ko‘ngilga yaqin. Uzoq yillar davomida bu marka avtomobilini xarid qilish ko‘pchilik yurtdoshlarimiz uchun orzu bo‘lib kelgan. Keyinchalik o‘z avtosanoatimizga ega bo‘ldik, orzular o‘zgardi.

Ammo so‘nggi ikki yil ichida hammasi yangitdan boshlangandek bo‘lmoqda. Qadrdon brend nafaqat omad bilan qaytdi, balki yildan yilga takomillashtirilgan modellar bilan hayratda qoldirmoqda.

Barqarorlik

Brendning O‘zbekiston bozoriga yangicha qiyofada qaytishi darhol diqqatni jalb qilgandi. Keyinchalik ham didi yuqori xaridorning bu e'tibori susaymadi, aksincha barqaror orta bordi. Bu esa dastlabki xaridlar o‘zini oqlagani, keyingi mijoz aynan oldingisi bergan bahoga ko‘ra kelganini anglatadi. Zero hech bir reklama, biror targ‘ibot o‘zi sinab ko‘rgan xaridorning bir og‘iz xolis so‘ziga teng kela olmaydi.

Buning raqamlardagi ifodasi ham bor albatta – 2019 yilning o‘tgan 10 oyi davomida O‘zbekistondagi Lada savdo hajmi 3 barobar ortgan va bu ko‘rsatkich jihatdan mamlakatimiz alohida o‘sish kuzatilgan barcha MDH davlatlarini ortda qoldirgan!

Eksport bo‘yicha rahbar Ameli Men xonim taqdim etgan umumiy raqamlarga e'tibor bersak, o‘tgan 3 yil davomida Lada Vesta modelining tashqi savdo hajmi 4 barobar oshganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Eksport bo‘yicha rahbar Ameli Men xonim

Istiqbol

Eng qizig‘i shundaki, Lada brendi erishilgan yutuqlar bilan to‘xtalish haqida o‘ylamayapti. Biz hikoya qilayotgan taqdimot ham buning yaqqol isboti bo‘ldi. Shu paytga qadar o‘tkazilgan taqdimotlardan farqli ravishda bu safar avtomobillarni eng og‘ir sharoitlarda sinab ko‘rish imkoni tug‘ildi. Bosib o‘tilgan manzillarga nazar tashlashning o‘zi kifoya: “Minvodi-Kislovodsk-Arxiz-Ratan-Pyatigorsk”.

Elbrus tog‘ cho‘qqisining ulug‘vorligi

Taqdimot tashkilotchiligiga ham alohida to‘xtalish lozim: ishtirokchilar, mehmonlar va muxbirlar Kavkaz tog‘larining eng go‘zal manzaralaridan bahra olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kislovodsk shahridagi ma'danli suv maskanlari, hashamatli restoranlar, Elbrus tog‘ cho‘qqisining aql bovar qilmas ulug‘vorligi, Arxiz tog‘-chang‘i kompleksidagi sun'iy qorlar, cho‘qqilarga olib chiquvchi kabinalar, Pyatigorsk shahridagi tarixiy ko‘chalar, kurortologiya tadqiqot markazlari, Kuban suv omborining haybati, Ratan samoni kuzatish markazi, Gumboshi dovonidagi archazorlar... Bularning bari har bir tashrif buyuruvchining ko‘nglida abadiy muhrlangani aniq.

Bu shunchaki ravon yo‘llar emas – Lada Vesta avtomobilining yangi modellari trassalarni, qishloqlararo ichki yo‘llarni, dovonlarni, 5642 metr balandlikdagi Elbrus cho‘qqisi ostiga olib boruvchi loy va qorli yo‘nalishlarni, gavjum shahar ichidagi tirband ko‘chalarni sabot bilan bosib o‘tdi.

Har bir manzilga yo‘l olganda ravon harakat, qulay salon ichidagi yangi imkoniyatlar, tashqi olamni (ayniqsa taqdimot manzili bo‘ylab go‘zal manzaralarni) kuzatishdagi shaffof oynalar, avtomobilning yo‘lni pisand qilmay ildam harakatlanishi kishini zavqlantirmay qo‘ymaydi.

Darvoqe, LADAning O‘zbekistondagi rasmiy importchisi mavjud va bu avtomobillar to‘la kafolat, qator bonuslar va kelgusidagi texnik xizmatlar imkoni bilan taklif etiladi. LADAning O‘zbekistondagi rasmiy dileri sanalgan «ROODELL» MChJ ayni paytda ham LADA Vesta SW Cross avtomobilini 7 500 000 so‘mgacha foyda bilan xarid qilishni taklif etmoqda.

Abror Zohidov, Toshkent-Moskva-Minvodi-Kislovodsk-Arxiz-Pyatigorsk-Minvodi-Moskva- Toshkent.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: