La Liste dunyoning eng yaxshi restoranlari reytingini e'lon qildi

Jahon 23:32 / 02.12.2019 9721

Dunyoning eng yaxshi 1000ta restoranini o‘z ichiga olgan La Liste reytingining eng yuqori o‘rinlariga Fransiya, AQSh va Yaponiyadagi restoranlar joylashdi.

Reytingga ko‘ra, Parijdagi Guy Savoy, Nyu-Yorkdagi Le Bernardin hamda Yaponiyadagi Ryugin va Sugalabo restoranlarining har biri 99,5 balldan oldi.  

Guy Savoy va Le Bernardin o‘tgan yili ham reytingning eng yuqori pog‘onasidan joy olgandi.

Yaponiyaning Kioto shahridagi Kitcho Arashiyama, Parijdagi L'Arpege, Monakodagi Le Louis XV - Alain Ducasse, Ispaniyadagi Martin Berasategui va Yaponiyadagi Sushi Saito restoranlari 99 ballga loyiq ko‘rildi. 

La Liste reytingi Fransiya tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan 2015 yildan buyon e'lon qilib kelinadi. Undan ekspertlarning fikriga ko‘ra kelasi yili albatta borish kerak bo‘lgan 1000ta restoran nomi joy oladi.

Ko‘proq yangiliklar: