La Liga. Madridda kechgan «jang»da Messining yagona goli «Barselona»ga g‘alaba keltirdi

Sport 02:56 / 02.12.2019 11765

Ispaniya La Ligasining 15-turidan o‘rin olgan markaziy bahs yakunlandi. «Atletiko» Madridda «Barselona»ni qabul qildi va minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi. O‘yin oxirlarida Lionel Messining urgan goli kataloniyaliklarni yana 1-o‘ringa qaytardi.

G‘alabadan so‘ng «Barselona» ochkolari sonini 31taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra 1-o‘ringa chiqib oldi. «Atletiko» esa 25 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.

La Liga, 15-tur

Atletiko M – Barselona 0:1

1 dekabr, «Vanda Metropolitano»
Gol: Messi (86).
Atletiko: Oblak, Tripper, Ermoso, Felipe, Saul, Errera (Lodi, 87), Koke, Korrea (Lemar, 73), Tomas, Felish (Vitolo, 66), Morata. 
Barselona: ter Stegen, Firpo, Pike (Umtiti, 83), Langle, Serji Roberto, de Yong, Rakitich, Artur (Vidal, 73), Suares, Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Tomas (8), Firpo (18), Korrea (21), Pike (32),. Rakitich (51), Langle (65), Vitolo (69), Felipe (73).

Ko‘proq yangiliklar: