Airbus josuslikda gumon qilingan 16 xodimini bo‘shatib yubordi

Jahon 08:31 / 02.12.2019 7024

Airbus samolyotsozlik kompaniyasi sanoat josusligida ayblangan 16 xodimini bo‘shatib yubordi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi. 

Ushbu xodimlar kompaniyaning Germaniyadagi korxonasida ishlashgan va maxfiy hujjatlar bilan ishlashga ruxsatlari bo‘lgan. Gap Germaniya armiyasiga razvedka va xavfsizlik bilan bog‘liq qurilmalar xaridi haqida bormoqda.

Maxfiy ma'lumotlar sizib chiqqani ichki tekshiruv vaqtida aniqlangan. Boshqa tafsilotlar hozircha noma'lum.

Ko‘proq yangiliklar: