Xitoy BMTni Hongkong ishlariga aralashishda aybladi

Jahon 12:20 / 01.12.2019 5265

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bacheletning Hongkong haqida The South China Morning Post nashrida chop etilgan maqolasi Xitoy hukumati tomonidan keskin norozilikka sabab bo‘ldi. 

Bachelet o‘z maqolasida Hongkongda namoyishchilarni tarqatish uchun qattiqqo‘llik qilayotgan politsiyachilar ustidan shikoyatlarni tergov qilishga chaqirgan.

Xitoyning BMTdagi doimiy vakolatxonasi maqolani “nomaqbul izoh” va “mamlakatning ichki ishlariga aralashuv” deb atagan.

Pekinda ta'kidlanishicha, BMT tomonidan bunday qo‘llab-quvvatlov namoyishchilarni yanada keskinroq harakatlarga undaydi, vaholanki ayni vaqtdagi birinchi navbatdagi vazifa “tartibni tiklash” hisoblanadi.

“Biz shuni ta'kidlamoqchimizki, Hongkong Xitoyning bir qismidir va Hongkong ishlari Xitoy ichki ishlari hisoblanadi. Ularga birorta davlat, tashkilot yoki odam biror-bir shaklda aralashmasligi lozim”, deyilgan Xitoy tomoni bayonotida.  

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp “Hongkongda inson huquqlari va demokratiyaning himoyalanishi to‘g‘risida”gi hamda Hongkongga muayyan turdagi politsiya anjomlarini yetkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunlarni imzolagandi.  

Ko‘proq yangiliklar: