Tunisdagi yo‘l-transport hodisasida 22 kishi halok bo‘ldi   

Jahon 19:20 / 01.12.2019 5157

Tunisda turistik avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 22 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligida ma'lum qilindi.  

Ma'lum qilinishicha, avtobus ag‘darilib, yo‘l chetidagi qiyalikka tushib ketgan. Unda 43 kishi bo‘lgan.    

Avtobus xususiy turistik agentliklardan biriga tegishli bo‘lgan va Tunis poytaxtidan Ayn Darahim shahri tomon yo‘nalgan. 

Ko‘proq yangiliklar: