Qozog‘istonlik tadbirkor Forbes Uzbekistan jurnalini chop etadi 

Jahon 20:20 / 01.12.2019 15021

Qozog‘istonlik tadbirkor Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan nashrini ochmoqda. Bu haqda Forbes.kz saytida ma'lum qilindi. 

“Katta mamnuniyat bilan ma'lum qilmoqchimanki, kompaniyamiz O‘zbekistonda Forbes jurnalini nashr qilish huquqini oldi. Yangi loyihaning yaratilishi meni yangi ishlarga ilhomlantiradi. Bunday brend ostida navbatdagi loyihani boshlash esa ikki karra ilhomlantiradi. Bu g‘ayrat-shijoat beradi va qo‘shimcha pozitiv kayfiyat yaratadi”, deb aytgan Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia nashrlari egasi Armanjan Baytasov.

Yangi jurnal tahririyati Toshkentda joylashadi. Mutolaachilarga nashrning ikki versiyasi – sayt va jurnal taqdim etiladi. Jurnal hozircha rus tilida chop etiladi, sayt esa o‘zbek va rus tillarida faoliyat yuritadi. 2020 yil martda jurnalning ilk sonini chop etish rejalashtirilgan. 

Tadbirkorning ta'kidlashicha, Forbes nashrining O‘zbekistonda ochilishi juda dolzarbdir, chunki respublika biznes yuritish nuqtai nazaridan hozirda juda istiqbollidir.  

“O‘zbekiston yirik investorlar uchun qulay sharoitlarga ega dunyoning eng jadal rivojlanayotgan davlatlaridan biridir. Qo‘shni mamlakat iqtisodiyotida hozir yuz berayotgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston rahbariyati dunyo biznesiga berayotgan ishora katta qiziqish uyg‘otadi. Tadbirkorlar mamlakat oxirgi oylardagi kabi faol ravishda ochilishi va rivojlanishiga mo‘ljal olganlar”, deb qo‘shimcha qilgan biznesmen.  

Baytasovning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda Forbes Club ham ochiladi va uni tadbirkorning o‘zi yurgizadi. 

Ko‘proq yangiliklar: