Qozog‘istonda Birinchi prezident kuni nishonlanmoqda  

Jahon 10:00 / 01.12.2019 12090

Qozog‘istonda 1 dekabrda respublikaning Birinchi prezidenti kuni nishonlanmoqda.  

Qozog‘istonda ushbu davlat bayrami 2012 yildan beri nishonlanib kelinadi. U Qozog‘istonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning respublika oldidagi xizmatlarini e'tirof etish maqsadida ta'sis etilgan.   

Ta'kidlash joiz, joriy yilda ushbu bayram kuni 1 dekabr, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli u 2 dekabrga ko‘chiriladigan bo‘ldi.   

Nazarboyev Qozog‘istonga deyarli 30 yil rahbarlik qilgan va 2019 yil 20 martda o‘z vakolatlarini muddatdan avval topshirgan. Shundan keyin Qozog‘istonning yangi prezidenti senat spikeri Qosim-Jo‘mart To‘qayev bo‘lgan. Nazarboyev esa xavfsizlik kengashi rahbari va Nur Otan partiyasi yetakchisi lavozimlarini o‘zida saqlab qolgan. 

Elbasi 2015 yil apreldagi saylovlarda 98 foiz ovoz to‘plab, 5-marta g‘alaba qozongandi. Uning joriy vakolatlari muddati 2020 yil aprelda tugashi kerak edi. Qozog‘iston konstitutsiyasiga ko‘ra, Nazarboyev prezident lavozimiga birinchi prezident sifatida cheklanmagan marta saylanishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: