Braziliya prezidenti Di Kaprioni o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda aybladi

Jahon 20:04 / 30.11.2019 13060

Bolsonaruning aytishicha, Di Kaprio Amazoniya o‘rmonlaridagi yong‘inlarga aloqador notijorat tashkilotlarini moliyalashtirgan. 

"Di Kaprio zo‘r yigit, shunday emasmi? Amazoniya o‘rmonlari yonishini moliyalashtirmoqda", - dedi Braziliya prezidenti.

Di Kaprioning bayonot berishicha, uning Earth Alliance tashkiloti iyul va avgustdagi o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng ishga kirishgan tashkilotlarga 5 mln dollar ajratgan. Ammo ular orasida tergov natijasida aniqlangan yong‘inga aloqador guruhlar bo‘lmagan.

Avvalroq moliyalashtirishga erishish uchun o‘rmonlarga o‘t qo‘yganlikda gumonlanib to‘rt ko‘ngilli qo‘lga olingandi. Ular aybi isbotlanmaganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: