Avstriyaning Insbruk shahrida turistlar jamoat transportida bepul yurishlari mumkin bo‘ladi

Jahon 21:51 / 30.11.2019 2751

Avstriyaning Insbruk shahrida 2020 yil 1 maydan turistlar jamoat transportida bepul yurishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Der Standard xabar berdi.

Buning uchun ommabop tog‘-chang‘i kurorti mehmonlari o‘zlari joylashgan mehmonxonada Welcome Card turistik kartasini olishlari kerak bo‘ladi.

"Bunday chora avtoturistlar sonini qisqartirishga imkon beradi hamda Tiroldagi ekologik vaziyat yaxshilanishiga yordam beradi", — deydi "yashillar" partiyasi vakili Ingrid Felipe.

Shu bilan birga, mahalliy aholi shahar mehmonlarigina transportda bepul yurish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari adolatdan emas deb hisoblamoqda. Ekologik vaziyatni yaxshilash uchun mahalliy aholiga ham shu taklifni bildirish mumkin edi, deydi siyosatchi Tom Mayyer.

Ko‘proq yangiliklar: