Yevropa Ligasi. Pley-offga chiqqan yana besh jamoaning nomi ma'lum bo‘ldi

Sport 01:21 / 29.11.2019 8833

Yevropa Ligasining ayrim guruhlarida 5-tur o‘yinlari yakuniga yetdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bir qancha jamoalarning nomi ma'lum bo‘ldi.

Guruh bosqichiga yakunlanishiga bir tur qolganida «Braga», «Vulverhempton», «Gent», «Volfsburg» va AZ klublari ham keyingi bosqichga chiqishdi. «Portu» esa kambek qilib, imkoniyatini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «MYu», «Espanol», «Seltik», «Sevilya» va «Bazel» jamoalari ham muddatidan avval 1/16 final masalasini hal qilishgandi.

Yevropa Ligasi, 5-tur, 28 noyabr

G guruhi

Feyyenoord – Reyndjers 2:2
Gollar: Tornstra (33), Sinisterra (68) – Morelos (52, 65).

Yang Boyz – Portu 1:2
Gollar: Fassnaxt (6) – Abubakar (75, 79).

H guruhi

TsSKA – Ludogorets 1:1
Gollar: Chalov (75) – Kesheryu (66).

Ferensvarosh – Espanol 2:2
Gollar: Shiger (23), Shkvarka (90+1, penalti) – Melendo (31), Darder (90+6).

I guruhi

Aleksandriya – Volfsburg 0:1
Gol: Vegorst (45+1, penalti).

Sent-Eten – Gent 0:0

J guruhi

Istanbul – Roma 0:3
Gollar: Veretu (30, penalti), Klyuyvert (40), Jyeko (45).

Volfsberger – Borussiya M 0:1
Gol: Shtindl (60).

K guruhi

Braga – Vulverhempton 3:3
Gollar: Orta (6), Paulinyu (64), Franserjio (79) – Ximenes (14), Doerti (34), Traore (35).

Beshiktosh – Slovan 2:1
Gollar: Roko (75), Lyaich (90+2, penalti) – Daniel (35).

L guruhi

Astana – MYu 2:1
Gollar: Shomko (55), Bernard (62, avtogol) – Lingard (10).

AZ Alkmaar – Partizan 2:2
Gollar: Dryoyf (87, 90+2) – Asano (16), Suma (27).

Ko‘proq yangiliklar: