Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Hindiston universitetlari bilan hamkorlikni kuchaytiradi
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti delegatsiyasi Hindistonning Gujarat shtatidagi yetakchi universitet - Gujarat universitetiga tashrif buyurdi. Universitet 1947 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtatning eng qadimiy va yirik universiteti hisoblanadi.
Universitet va ixtisoslashgan kafedralar rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, unda nafaqat o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma o‘quv va ilmiy tadbirlar o‘tkazilishi, balki 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab filologiya ixtisosligi bo‘yicha o‘qiyotgan TDShI hindshunos magistrantlari uchun ikki tomonlama diplomlar dasturini (1+1) ochish, 2020 yilda TDShIda Gujarat universiteti Smart sinfini tashkil etish ham nazarda tutilgan, dedi TDShI xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Elyor Mahmudov.
TDShI delegatsiyasi Gujarat universitetining Startaplar va tadbirkorlar kengashi faoliyatiga katta qiziqish bildirdi. Kengashning 3 yillik faoliyati davomida universitetda 120ta startap kompaniyalar tashkil etildi, ularning 50 foizga yaqini universitet talabalariga tegishli.
TDShI delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida Hindiston Ta'lim vazirligi huzuridagi urdu tilini targ‘ib qilish bo‘yicha Milliy kengash rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Sharqshunoslik institutida urdu tili sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, natijalarini keyinchalik nashr etish, shuningdek, urdu tilidagi o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Jamiya Millia Islomia universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi va hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ushbu universitet Hindistonda o‘zbek tili o‘qitiladigan yagona ta'lim dargohidir.
Tashrif doirasida TDShI delegatsiyasi mamlakatning yetakchi universitetlari - Dehli va Javoharlal Neru oliygohlari bilan memorandumlar imzolashni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025