Ilias Iliadis O‘zbekiston dzyudo jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Sport 22:57 / 29.11.2019 7479

Afsonaviy dzyudochi Ilias Iliadis O‘zbekistonda murabbiylik faoliyatini boshladi. U O‘zbekiston dzyudo jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan

Kun.uz manbasi xabar berishicha, u Osaka shahrida o‘tkazilgan «Katta dubulg‘a» turnirida bosh murabbiy sifatida qatnashgan. Ushbu musobaqada Davlat Bobonov va Alisher Yusupov sovrindorlar safidan joy olishgan edi.

Foto: Facebook / International Judo Federation
Foto: Facebook / International Judo Federation

Asli Gruziyada tug‘ilib o‘sgan Ilias Iliadis (gruzincha ismi Jarji Zviadauri) Gretsiya fuqarosi bo‘lgan va shu davlat nomidan musobaqalarda qatnashgan. U sportchi sifatida qo‘lga kiritgan ulkan natijalari bilan dzyudo tarixiga kirgan. U Afina olimpiadasi g‘olibi, uch karra jahon chempioni, shuningdek, turli toifadagi xalqaro musobaqalarning bir necha bor g‘olib va sovrindori bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: