YeChL. «Barselona» va «Leypsig» 1/8 finalga chiqdi, «Liverpul» durang o‘ynadi

Sport 03:13 / 28.11.2019 12057

Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-tur o‘yinlari yakunlandi.

Amaldagi chempion «Liverpul» o‘z maydonida «Napoli» bilan durang o‘ynab, pley-off masalasini so‘nggi turga qoldirdi. 

«Barselona» o‘z uyida «Borussiya» Dortmundni mag‘lub etdi va nimchorak finalga yo‘l olgan yettinchi jamoaga aylandi. Guruhning ikkinchi o‘yinida «Inter» Chexiyadan ishonchli g‘alaba bilan qaytdi. 

Tur doirasida eng qiziqarli o‘yinlardan biri Germaniyada kuzatildi. Guruh peshqadami «Leypsig» o‘z maydonida so‘nggi o‘rinda borayotgan «Benfika»ga qarshi bahs olib bordi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda kambek qilib, xisobni tenglashtirdi. Shu tariqa nemis klubi ham pley-offga yo‘llanma oldi.

YeChL, 5-tur, 27 noyabr

Ye guruhi

Liverpul – Napoli 1:1
Gollar: Lovren (65) – Mertens (21).
Liverpul: Alisson, Gomes (Oksleyd-Chemberlen, 57), van Deyk, Lovren, Roberson, Milner (Aleksandr-Arnold, 78),  Fabino (Veynaldum, 19), Henderson, Saloh, Mane, Firmino.
Napoli: Meret, Maksimovich, Manolas, Kulibali, Rui, Di Lorenso, Allan, Zelinski (Yunes, 85), Fabian, Mertens (Elmas, 81), Losano (Lorente, 72).
Ogohlantirishlar: Roberson (90+2), Kulibali (90+2), Allan (90+4).

Genk – Zalsburg 1:4
Gollar: Samata (85) – Daka (43), Minamino (45), Xvan Chi Xan (69), Holand (87).

F guruhi

Barselona – Borussiya D 3:1
Gollar: Suares (29), Messi (33), Grizmann (67) – Sancho (77).
Barselona: ter Stegen, Firpo, Langle, Umtiti, Serji Roberto, de Yong, Buskets, Rakitich (Vidal, 78), Dembele (Grizmann, 26), Suares, Messi.
Borussiya D: Byurki, Hakimi, Akanji, Hummels, Pishchek (Zagadu, 76), Shuls (Sancho, 46), Vaygl (Gyotse, 85), Gerreyru, Vitsel, Brandt, Roys.
Ogohlantirishlar: Messi (51), Suares (71), Gerreyru (74).

Slaviya – Inter 1:3
Gollar: Souchek (37, penalti) – Martines (19, 88), Lukaku (81).

G guruhi

Leypsig – Benfika 2:2
Gollar: Forsberg (90 penalti, 96) – Pitssi (20), Vinisius (59).

Zenit – Lion 2:0
Gollar: Dzyuba (42), Ozdoyev (84).

N guruhi

Lill – Ayaks 0:2
Gollar: Ziyosh (2), Promes (59).

Valensiya – Chelsi 2:2
Gollar: Soler (40), Vass (82) – Kovachich (41), Pulishich (50).

Ko‘proq yangiliklar: