Shvetsiyada Ibrahimovichga tahdid qilindi

Sport 19:50 / 28.11.2019 9476

Yovuz niyatli shaxslar Zlatan Ibrahimovichning Shvetsiyadagi uyi eshigiga sotqinlik va xoinlik timsoli bo‘lmish «Judas» (Yahudo) so‘zini yozib ketishdi.

Bundan tashqari, uy ostonasiga kislotali eritma to‘kilib, haqoratli so‘zlar yozilgan plakat osib qo‘yilgan. Voqea yuzasidan politsiya surishtiruv boshlagan. Ibrahimovich uyining kuzatuv ostiga olinishi masalasi o‘rganib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zlatan Ibrahimovich Shvetsiyaning «Hammarbyu» klubi aksiyalarining 25 foizini sotib olgan va ijtimoiy tarmoqlarda uni ko‘klarga ko‘tarib, maqtagan edi. Bu esa «Malmyo» muxlislariga yoqmadi. Zlatanni tarbiyalagan klub fanatlari ashaddiy raqibi bo‘lmish «Hammarbyu»ning e'tirof etilishini xoinlik deb baholadilar. Bundan tashqari, muxlislar klub stadioni oldida Ibrahimovich sharafiga o‘rnatilgan haykalning olib tashlanishini, ba'zilari uni yashil bo‘yoqqa bulg‘anishini yoki umuman buzib tashlanishini taklif qildilar.

Ko‘proq yangiliklar: