Moliya vazirligi O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdorini e'lon qildi

Iqtisodiyot 14:26 / 28.11.2019 15488

O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi YaIMga nisbatan 23,8 foizni tashkil etadi. Bu haqda Moliya vazirligi ma'lumotida aytilgan.

Qayd etilishicha, umumiy davlat qarzi 33,6 foizni tashkil etib, XVJ bahosiga ko‘ra mo‘'tadil darajada hisoblanadi. Dunyo mamlakatlarining umumiy qarzi so‘ngi yillarda jiddiy oshishi kuzatilib, UNCTAD ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 213 trln. dollar yoki YaIMga nisbatan 262 foizni tashkil etgan.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasi bilan birgalikda o‘rta muddatli qarzni boshqarish strategiyasi ilk bora ishlab chiqilgan. Xalqaro ekspertlar yordamida makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz davlat qarzining me'yoriy miqdorlari Xalqaro valuta jamg‘armasining metodologiyasi asosida hisoblab chiqildi.

O‘zbekiston uchun moliyaviy xavfsiz bo‘lgan davlat qarzi me'yorlari ishlab chiqishda 2030 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy o‘sish prognozlari, investitsion talablar, respublika iqtisodiyotining ayrim tashqi va ichki risklarga chidamliligi, so‘mning devalvatsiyasi, O‘zbekistonning eng katta savdo hamkorlari – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Turkiyadagi iqtisodiy o‘sish va valuta tebranishlari, ularning eksport va respublika iqtisodiyotiga ta'siri o‘rganilgani aytiladi.

Ko‘proq yangiliklar: