Iroqda namoyishchilar Eron konsulxonasiga o‘t qo‘yishdi

Jahon 07:54 / 28.11.2019 7826

Iroqda namoyishchilar Eronning Najaf shahridagi konsulxonasiga hujum qilib, binoga o‘t qo‘yishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Konsulxona xodimlari shturm oldidan oxirgi daqiqalarda evakuatsiya qilinganlar. Mahalliy hokimiyat voqeadan keyin komendantlik soati kiritgan.
 
“Biz islohotlarni, korrupsiyaga chek qo‘yilishini talab qilamiz”, deb aytgan namoyishchilardan biri.
 
Bag‘dodda 1 oktyabrda boshlangan norozilik namoyishlari keyinchalik Iroqning boshqa shaharlariga ham tarqalgan. Namoyishchilar hukumatni ommaviy korrupsiyada, turmush tarzi pastligida va og‘ir iqtisodiy holatda ayblashmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, namoyishlar vaqtida halok bo‘lganlar soni 111 kishiga yetgan.  

Ko‘proq yangiliklar: