Indoneziyada vazir yordamchilarining vazifasini sun'iy ong bajaradi

Jahon 16:50 / 28.11.2019 3867

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bir necha toifadagi vazirlar yordamchilari vakolatlarini bekor qilishga qaror qildi, ularning vazifasini sun'iy ong bajaradi. Bu haqda The Jakarta Post xabar berdi.

"Vazirlarga uchinchi va to‘rtinchi toifadagi xodimlar o‘rniga sun'iy ong texnologiyasidan foydalanishga buyruq berdim. U byurokratik vazifani odamlardan ko‘ra tezroq bajaradi",-dedi Vidodo.

Indoneziya iqtisodiyot vaziri Airlangga Xartartoning aytishicha, ushbu texnologiyadan xususan, davlat litsenziyalarini berishda foydalaniladi.

"Sun'iy ong avtomatik baholash tizimiga asoslanib ruxsatnomalarni rasmiylashtirish imkonini beradi", - dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: