Dog‘istonda qotilliklar va teraktga aloqador 250 kishilik jinoiy to‘da faoliyatiga chek qo‘yildi 

Jahon 20:30 / 28.11.2019 11864

Ma'lumotlarga ko‘ra, guruhga 250 dan ko‘proq kishi, jumladan Dog‘iston ichki ishlar vazirligining 2007-2015 yillardagi amaldagi xodimlari, respublikaning advokatlik palatasi advokatlari va yashirin terrorchilik guruhlari a'zolari kirgan.   

FXXning ma'lum qilishicha, to‘da a'zolari 2007-2015 yillarda Dog‘iston va Moskvada bir qator biznesmenlar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining o‘ldirilishiga, odamlar o‘g‘irlanishiga, tovlamachilik, o‘g‘rilik va bosqinchiliklarga aloqador bo‘lgan.   

Shuningdek, guruh a'zolari 1998 yilda Mahachqal'ada terakt sodir etishgan. Bu terakt oqibatida bir necha o‘nlab odam halok bo‘lgan, yuzdan ko‘proq odam jarohatlangan. 

FXXda ta'kidlanishicha, ushbu jinoyatlarning asosiy tashkilotchilari va ijrochilari qo‘lga olinganlar.

Ko‘proq yangiliklar: