AQSh Suriyadagi neft konlari atrofiga jangovar texnikasini joylashtirdi

Jahon 19:35 / 28.11.2019 7591

AQSh kuchlari Suriya shimoli-sharqidagi Rumeylan tumanidagi neft konlari yaqiniga jangovar texnikasini joylashtirdi. Bu haqda Suriya davlat televideniyesi xabar berdi.

"AQSh bosqinchi kuchlari neft konlari yaqinidagi hududga o‘nlab texnikalarini joylashtirdi", - deb xabar bermoqda telekanal.

Texnika AQSh qurolli kuchlarining Rakka shimoli va El-Xasaka g‘arbidagi pozitsiyalaridan olib kelingan.

Rumeylan neft konlari Suriyadagi eng yirik konlardan biri hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: