YeChL. «Lokomotiv» Yevropa Ligasidan ham quruq qoldi, Turkiyadagi durang «Real»ni keyingi bosqichga olib chiqdi

Sport 01:03 / 27.11.2019 6390

Yevropa Chempionlar Ligasining 5-tur o‘yinlariga start berildi.

A guruhida «Galatasaroy» o‘z uyida «Bryugge» klubini qabul qildi va 92-daqiqada gol o‘tkazib yuborib, g‘alabadan mosuvo bo‘ldi. Bu durang orqali Belgiya klubi Yevropa Ligasi uchun katta qadam tashladi, «Real» esa qolgan ikki o‘yindagi natijasidan qat'i nazar nimchorak finalga yo‘l oladigan bo‘ldi.

D guruhida keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib turgan «Lokomotiv» o‘z maydonida «Bayyer»ga yutqazib qo‘ydi va guruhda so‘nggi o‘rinni egallashi ma'lum bo‘ldi. «Bayyer» esa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

YeChL, 5-tur, 26 noyabr

A guruhi

Galatasaroy – Bryugge 1:1
Gollar: Byuyuk (11) – Dyatta (90+2).
Galatasaroy: Muslera, Mariano, Markao Teysheyra, Nagatomo, Bayram (Inan, 80), Lemina, Seri (Yardimchi, 90+4), Feguli, Belhanda (Mo‘r, 87), Byuyuk, Donk.
Bryugge: Minole, Mexele, Rikka, Deli, Alvares, Bonaventure (Shreyvers, 58), Vanaken, Diatta, Rits (De Katalare, 46), Mata, Openda (Okereke, 77).
Ogohlantirishlar: Lemina (14), Rikka (28), Mata (31), Mariano (33), Dyatta (66), Nagatomo (85), Mo‘r (90), Muslera (90+1).
Chetlatishlar: Dyatta (90+3), Mata (90+3).

D guruhi

Lokomotiv – Bayyer 0:2
Gollar: Jyemaletdinov (11, avtogol), Bender (54).
Lokomotiv: Gilerme, Xyovedes, Chorluka, Ignatev, Ribus, Barinov, Krixovyak, Anton Miranchuk, Aleksey Miranchuk, Jyemaletdinov (Kulikov, 65), Eder (Smolov, 77).
Bayyer: Gradetski, Retsos, Ta, S.Bender, Beyli (Baumgartlinger, 46), Demirbay (Lars Bender, 90), Vendell, Diabi, Arangis, Folland, Bellarabi (Alario, 77).
Ogohlantirishlar: Xyovedes (42), Chorluka (67), Ignatev (67), Vendell (77), Barinov (83).

Ko‘proq yangiliklar: