Superliga. «Bunyodkor» «Paxtakor»ga chempionatdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi, «So‘g‘diyona» «Nasaf» bilan durang o‘ynadi

Sport 19:21 / 27.11.2019 4968

Superliga. «Bunyodkor» «Paxtakor»ga chempionatdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi, «So‘g‘diyona» «Nasaf» bilan durang o‘ynadi

Sosa Sola superligasida 25-tur o‘yinlari yakunlandi. «Bunyodkor» «Milliy» stadionida «Paxtakor» bilan bahs yuritib, hisob 2:2 bo‘lib turgan bir paytda 90-daqiqada gol urib, g‘alaba qozondi va Osiyo Chempionlar Ligasi uchun katta qadam tashladi. «Paxtakor» esa bu mavsumda Superligada ilk bor mag‘lubiyatga uchradi. 

«So‘g‘diyona» «Nasaf»ni qabul qilib, durang o‘ynadi. Shu tariqa Jizzaxliklar so‘nggi turda «Bunyodkor»ni «Milliy» stadionda mag‘lub etishsagina, OChLga yo‘l olishadi. «Bunyodkor»ni esa durang ham qoniqtiradi.

«Lokomotiv» esa Namanganda Sardor Mirzayevning goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Coca Cola Superligasi, 25-tur
27 noyabr

Paxtakor – Bunyodkor 2:3
Gollar: Igor Sergeyev (39, 67) – Nurillo To‘xtasinov (11), Javohir Qahramonov (24), Xurshid G‘iyosov (90).
Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev, Humoyunmirzo Iminov, Yegor Krimets, Dostonbek Hamdamov, Marat Bikmayev, Sardor Sobirxo‘jayev, Farrux Sayfiyev, Marko Simich (Sherzod A'zamov, 76).
Bunyodkor: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov (Sanjar Tursunov, 70), Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Vladislav Nuriyev, 83), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Shohruh Gadoyev, Abdulla Abdullayev.

Navbahor – Lokomotiv 0:1
Gol: Mirzayev (59).
Navbahor: O‘tkir Yusupov, Aziz Ibragimov, Shahzod Shaymanov (Komiljon Tojiddinov, 64), Ivan Solovyov, Azizbek Turg‘unboyev, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, G‘iyosjon Komilov, Abbosjon G‘ulomov (Ilhom Aliboyev, 75), Amirbek Jo‘raboyevboyev (Nodir Mavlonov, 56).
Lokomotiv: Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Oston O‘runov, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Arslanmirat Amanov (Ibrohim G‘anixonov, 82), Diyor Turopov, Sardor Mirzayev.

So‘g‘diyona – Nasaf 1:1
Gollar: Shohruz Norxonov (63) – Humoyun Murtazoyev (9).
So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov, Shohruz Norxonov, Jamshid Boltaboyev, Jasur Hasanov, Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov.
Nasaf: Abduvohid Ne'matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev, Aziz G‘aniyev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtozayev, Bobir Abdixoliqov (Islom Kenjaboyev), Sardor Abduraimov (Mozgovoy), Xurshidbek Muxtorov, Oybek Bozorov (Islom Rashidxonov), Umar Eshmurodov.

Ko‘proq yangiliklar: