«Paxtakor» stadioni bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Sport 14:29 / 27.11.2019 21954

Tribuna.uz cayti Toshkentdagi «Paxtakor» stadioni buzilishi va uning o‘rniga yangi stadion qurilishi haqida xabar bergan edi.

«Paxtakor» klubi stadioni bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi. Unda aytilishicha, «Paxtakor» o‘yingohi o‘rnida yangi stadion qurilishi klub rejalaridan joy olgan.

 «Ayni paytda stadionning yangi ko‘rinishi qanday bo‘lishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketmoqda. Saytimizda e'lon qilingan tenderdan so‘ng 20ga yaqin kompaniyalar o‘z takliflarini bildirishgan. Stadion FIFAning oxirgi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli oxirgi qarorga kelishdan avval barchasini puxta o‘ylab ko‘rish talab etiladi. Ma'qul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poyxatimiz markazida joylashishi va uning ko‘rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida to‘xtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bo‘lishi bilan bu haqida ma'lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi» - deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» stadioni 26 noyabr kungi Superliga U-21 turniri doirasidagi «Paxtakor» hamda «Bunyodkor» yoshlar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan rasman yopildi. Ushbu bahs 63 yillik stadion tarixidagi so‘nggi o‘yin bo‘lib qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: