Londonda UzInvest yirik investitsion forumi bo‘lib o‘tmoqda

Iqtisodiyot 17:24 / 27.11.2019 6927

Bugun, 27 noyabr kuni Londonda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan UzInvest forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbirining Londondan xabar berishicha, anjumanda O‘zbekiston hukumati rasmiylari, xorijiy moliya muassasalalari vakillari, mahalliy va xorijlik biznesmenlar qatnashmoqda.

Forumni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Kirish qismida, shuningdek, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qoshidagi PR-markaz rahbari Akram Muhamatqulov, «Macro-Advisory» makroagentligi hammuassisi Kristofer Vifer, PRISM riskni baholash agentligi bosh tahlilchisi Benjamin Godvin, «SmartGov Consulting» rahbari Aziza Umarova va Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi bosh maslahatchisi Yonas Astrup O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Tadbir davomida, shuningdek, O‘zbekiston bank va kapital sohasi, xususiylashtirish, fiskal siyosat va boshqa qator mavzular muhokama markazida bo‘ladi, unda O‘zbekiston rasmiylari, xalqaro ekspertlar va tadbirkorlar so‘zga chiqishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, UzInvest forumi «Adam Smith Conferences» va «Eurasian Investor» kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Kun.uz yaqin vaqt ichida tadbirning boshqa tafsilotlarini keltirib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: