Kun.uz’dan multfilm: siyqasi chiqib ketgan «Milliy g‘oya» iborasi haqida

Jamiyat 22:59 / 27.11.2019 43758

Gap shundaki, ba’zi so‘zlar ongsiz ravishda ko‘p iste’mol qilinaverganidan o‘z ma’nosini yo‘qotib qo‘ygan. Bir qarashda so‘z bor, ammo ma’nosini kunduzi chiroq yoqib ham topolmaysiz. «Xaloyiq, ma’no qani?!» deb hayqirgingiz keladi.

Shunday iboralarning biri – «milliy g‘oya» so‘z birikmasidir. Bu ibora ko‘p aytiladi, ammo ongimizga, qalbimizga yelchalik ta’sir etolmaydi. Aksincha ensamizni qotiradi. Shuni aytish kerakki, tushunchalarning siyqasini chiqarib, ma’nosidan judo qilish bu –  ma’naviy diversiya, buzg‘unchilikdir.

Xo‘sh, aslini olganda «milliy g‘oya» nima degani?

Milliy g‘oya shunday bir narsaki, garchi u moddiy bir narsa bo‘lmasa ham «tog‘larni qulatadi». Aynan milliy g‘oyasini biroz bo‘lsa-da to‘g‘ri qo‘ya olgan millatlar hozirda boshqalardan – milliy g‘oyasini belgilay olmagan yoxud g‘oya kerakligini anglamay gangib yurgan xalqlardan o‘zib ketishgan. Zero, millat o‘z oldiga qo‘ygan to‘g‘ri milliy g‘oya bu – xalqning ichki zaxirasini yuzaga chiqaradigan «sehrli» formula, ichki kuchlarni harakatga keltiruvchi «detonator».   

Kun.uzning yangi, «KUN ANIMATION» ijtimoiy multfilmlar loyihasining birinchi qismi shu haqda.

Muhammad Shakur tayyorladi

Ko‘proq yangiliklar: