Jahon chempioni kompyuterni mag‘lub etib bo‘lmasligini tan olib, faoliyatini yakunladi 

Sport 20:31 / 27.11.2019 18171

The Guardian nashrining xabar berishicha, Li Sedol bunday qarorni sun'iy ongni mag‘lub etishning iloji yo‘qligi sababli qabul qilgan.

2016 yilda Li Sedol AlphaGo o‘yiniga qarshi 5 ta o‘yindan iborat bellashuvda 4 marta mag‘lub bo‘lib, bir martagina kompyuter ustidan g‘alaba qozona olgan. U ushbu dasturni mag‘lub eta olgan yagona inson hisoblanadi, ammo dastur algoritmi 3 yil ichida yanada takomillashgan.

“Men dunyoda birinchi raqamli bo‘lsam ham, biroq mag‘lub etib bo‘lmaydigan nimadir bor bo‘ladi”, deb aytgan go o‘yini bo‘yicha 18 karra jahon chempioni kompyuter o‘yinini nazarda tutib. 

go o‘yini

Go o‘yini Xitoyda 3 ming yil avval paydo bo‘lgan. Ushbu o‘yin Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada ommalashgan. O‘yinchilar oq va qora toshlarni 19x19 li taxtada joylashtirib, ko‘proq hududni egallashlari kerak. Ta'kidlanishicha, ushbu o‘yinning ehtimoliy ssenariylari soni butun koinotdagi atomlardan ko‘proq, deb hisoblanadi.  

36 yoshli Li Sedolning o‘zi kompyuter ustidan qozongan yagona g‘alabasini dasturdagi nosozlik bilan tushuntiradi.

Ko‘proq yangiliklar: