MB: Hozirgi kunda pul-kredit siyosatini yuritishning eng samarali usullaridan biri bu – inflyatsion targetlash rejimi

Iqtisodiyot 19:00 / 26.11.2019 8523

Dunyo bo‘ylab pul-kredit siyosati rejimlari 4 xil. Hozirgi paytga kelib dunyoning 40dan ortiq rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlari inflyatsion targetlash rejimiga o‘tgan. Bu haqida 26 noyabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Dunyo bo‘ylab 4 ta pul-kredit siyosati rejimlari mavjud. Bular:

•  Inflyatsion targetlash rejimidagi davlatlar
•  Monetar targetlash rejimidagi davlatlar
•  Almashuv kursini targetlash rejimidagi davlatlar
•  Boshqa (aralash – yuqoridagi ikkita rejim instrumentlari aralash qo‘llanadi)

Xalqaro valuta jamg‘armasi hisobotlariga qaraladigan bo‘lsa, inflyatsion targetlash rejimiga o‘tgan davlatlar soni tobora ortib borayotganini ko‘rish mumkin. Hozirgi paytga kelib dunyoning 40dan ortiq rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlari inflyatsion targetlash rejimiga o‘tgan.

Xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Ukraina singari MDH davlatlari ham inflyatsion targetlash rejimiga o‘tgan davlatlardan hisoblanadi. 

Pul-kredit siyosati rejimlarining bir-biridan farqi nimada?

«Valuta almashuv kursini targetlash rejimida valuta kursi makroiqtisodiy, tashqi savdo, iqtisodiy o‘sishdagi hech bir o‘zgarishlar inobatga olinmasdan ana shu holatda qoladi, deb e'lon qilinadi. Bu oxir-oqibatda yo davlat valuta zaxirasi kamayib ketishi yoki iqtisodiy o‘sishdagi ma'lum bir disbalanslarga olib kelishi mumkin. Bu rejim asosan neft va gaz eksporti bilan shug‘ullanadigan arab davlatlarida bugungi kungacha saqlanib qolgan, Qozog‘istonda 2015 yilgacha, Rossiyada 2014 yilgacha qo‘llangan. Jahon iqtisodiy inqirozlari valuta [almashuv] kursini targetlash rejimi zamon talabiga javob bermasligi, yo o‘z-o‘zidan belgilangan inflatsiya darajasiga erishish uchun ham kerakli sharoitni yaratib berolmasligini ko‘rsatdi», - deya tushuntirdi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.

Markaziy bank raisi pul-kredit siyosati rejimining yana bir turi monetar targetlash rejimiga to‘xtalar ekan, bunda kredit sohasidagi ko‘rsatkichlar ma'lum bir maqsadda belgilab olinishini aytib o‘tdi.

«Masalan, pul massasi, rezervda shuncha bo‘lishi kerak deb, asosiy xatti-harakatni shunga qaratadi. 

2016 yillargacha bo‘lgan naqd pul olishdagi muammolar haqida hammaning xabari bor. Chunki naqd pul bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich bor edi. «Kassa plan» deyishardi.

Hozirgi kunda pul-kredit siyosatini yuritishning eng samarali usullaridan biri bu – inflyatsion targetlash rejimi ekanligini ko‘rsatyapti. Bugungi kunda dunyodagi 40dan ortiq davlatda pul-kredit siyosati inflatsiyani targetlash rejimiga asoslangan. Bundan foydalanuvchilar soni yildan yilga ko‘payib boryapti. Xususan, Rossiya 2014 yil, Qozog‘iston 2015 yil, Qirg‘iziston 2013 yil, Armaniston, Ukraina singari MDH davlatlari ham so‘nggi 5-6 yilda inflatsiyani targetlash rejimiga o‘tishdi», - deya qo‘shimcha qildi Mamarizo Nurmuratov.

Ko‘proq yangiliklar: