Mavsumning eng yaxshi 10 murabbiyi e'lon qilindi

Sport 20:30 / 26.11.2019 9513

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2019 yilning eng yaxshi murabbiylari reytingini tuzdi.

Birinchi o‘rin Portugaliya milliy jamoasi bilan Millatlar Ligasida g‘olib chiqqan Fernandu Santushga berildi (112 ochko). Ikkinchi o‘ringa Braziliya milliy jamoasi bilan Kopa Amerika g‘olibi bo‘lgan Tite (102) loyiq ko‘rildi. Uchinchi o‘rin FIFA reytingida peshqadamlik qilayotgan Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesga (97) nasib qildi.

Qatar milliy jamoasi bilan Osiyo Kubogida zafar quchgan Feliks Sanches kuchli o‘nlikdan joy oldi.

Top-10 2019 yilning eng yaxshi murabbiylari
112 – Fernandu Santush (Portugaliya)  
102 – Tite (Braziliya)
97 – Roberto Martines (Belgiya)
87 – Dide Desham (Fransiya)
61 – Jamol Bilmoziy (Jazoir)
45 – Garet Sautgeyt (Angliya)
42 – Roberto Manchini (Italiya)
22 – Rikardo Gareka (Peru)
11 – Nikolya Dyupyui (Madagaskar)
11 – Feliks Sanches (Qatar).

Ko‘proq yangiliklar: