«Paxtakor» o‘yingohi yopildi. Stadion buzilib, yangisi quriladi

Sport 14:10 / 25.11.2019 87838

Stadion yopilishi munosabati bilan 27 noyabr kuni Superliganing 25-turi doirasida ushbu stadionda o‘tkazilishi belgilangan «Paxtakor» - «Bunyodkor» uchrashuvi «Bunyodkor» stadioniga ko‘chirilgan.

Tribuna.uz manbasi xabar berishicha, hozirga kelib klubning muassis va homiylari tomonidan «Paxtakor» stadionining yangi loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Tez orada yangi arena loyihasi tanlangach, «Paxtakor» o‘yingohining to‘liq buzilishi boshlanadi. Uning o‘rniga yangi stadion qurilishi 2020 yilga rejalashtirilgan. Yangi stadion qurilishi klub bosh homiysi sanalmish «SFI Management Group» tomonidan moliyalashtiriladi. Hozirda bir qator xorij kompaniyalari klub rahbariyatiga yangi arena loyihasi bo‘yicha o‘z taklifini bergan.

«Paxtakor» klubi yangi stadion qurilib, foydalanishga topshirilishiga qadar, 2020 yilgi mavsum o‘yinlarini Toshkentdagi «Jar» stadionida o‘tkazadi.

Ma'lumot uchun, «Paxtakor» stadioni 1956 yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kungacha ikki marta - 1996 va 2008 yillar qayta ta'mirlangan. Avvaliga stadion sig‘imi 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangandi, 2008 yilgi rekonstruksiyadan so‘ng alohida o‘rindiqlar o‘rnatilgach, stadion sig‘imi 34 mingga qisqargandi.

Ko‘proq yangiliklar: