«MYu» so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Sport 08:41 / 25.11.2019 4080

24 noyabr kuni Angliya Premer ligasining 13-turi doirasida «Manchester Yunayted» «Sheffild Yunayted» mehmoni bo‘ldi.

Maydon egalari Jon Flek (19) va Lis Musse (52) urgan gollar evaziga 72-daqiqagacha ikki gol ustunligi bilan oldinda borishdi, ammo mehmonlar 7 daqiqa ichida uchta gol urishdi - Brendon Uilyams (72), Meyson Grinvud (77) va Markus Reshford (79) bittadan golga mualliflik qildi.

Ammo hakam tomonidan o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Oliver Mekberni hisobni tenglashtiruvchi golni urishga erishdi - 3:3.

Endilikda manchesterliklar 13 turdan keyin 17 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 9-o‘rinda joylashgan, «qizil iblislar» peshqadam «Liverpul»dan 20 ochko ortda qolmoqda, «Sheffild Yunayted» esa 18 ochko bilan 6-pog‘onaga ko‘tarilgan.

Ma'lumot uchun, Ole-Gunnar Sulsher jamoasi chempionatda qatorasiga 12-safar o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay olmadi, bu esa manchesterliklarning so‘nggi 34 yildagi eng yomon seriyasidir.

APL, 13-tur
Sheffild Yunayted – Manchester Yunayted 3:3
(1:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 19 Flek, 2:0 – 52 Musse, 2:1 – 72 Uilyams, 2:2 – 77 Grinvud, 2:3 – 79 Reshford, 3:3 – 90 Makberni.
Sheffild Yunayted – Mur, Bashem (Robinson, 83), Jagelka, O`Konnell, Boldok, Landstrem, Norvud, Flek, Stivens, Makgoldrik (Sharp, 78), Musse (Makberni, 68).
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Maguayr, Jons (Lingard, 46), Uan-Bissaka, Pereyra (Grinvud, 73), Fred, Uilyams, Jyeyms, Reshford, Marsiyal (Tuanzebe, 85).
Ogohlantirishlar: Uilyams (50), Landstrem (51), Uan-Bissaka (60).

Turnir jadvali

Ko‘proq yangiliklar: