Erkinjon Turdimov va «Real Madrid» maxsus vakili o‘rtasida memorandum imzolandi

Sport 11:00 / 25.11.2019 11837

Samarqandda o‘tkazilgan «Invest in Samarkand» I xalqaro investitsion forumida Ispaniyaning «Real Madrid» futbol akademiyasi Samarqand filialini tashkil etish yuzasidan kelishuv memorandumi imzolanishi kutilayotgani haqida xabar bergandik.

UzA’ning xabar berishicha, investitsion forum davomida Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasi va Ispaniyaning «Real Madrid» futbol akademiyasi o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi.

 «Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov forum doirasida «Real» klubining Markaziy Osiyo va Afrika qit'asi bo‘yicha maxsus vakili Arenilyas Inigo Chavesni qabul qildi.

 Uchrashuv davomida Samarqandda «Qirollik klubi» akademiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda ikkala tomon mazkur hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, talab va takliflarini bildirdi. Yakunda kelishuv memorandumi imzolandi» - deya yoziladi manbada.

 Ma'lumotlarga ko‘ra, akademiya filiali Samarqand shahridagi Motrid qo‘rg‘onida tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: